«Manchester Yunayted» «Real» himoyachisi Rafael Varan transferi ustida ishlashni davom ettirmoqda.
«Sky Sports» nashri xabariga ko'ra, Madrid klubi «Manchester Yunayted»ga 28 yoshli frantsuz futbolchisi bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan.
Qayd etilishicha, «PSJ» futbolchi bilan bog'liq vaziyatni jiddiy tarzda kuzatmoqda, sababi mazkur klub ham ushbu Rafaelni tarkibida ko'rmoqchi.
Varananing «Real» bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Shu sababli, «Manchester Yunayted» imkon qadar futbolchining narxini tushirishga harakat qilmoqchi.
O'tgan mavsumda VaranLa liga doirasida 41 o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga erishgan.