"Sky Sports" xabariga ko'ra, Madrid klubi MYUga franciyalik bilan muzokara o'tkazishga ruxsat bergan. Ayni damda bu holatni PSJ ham o'rganib bormoqda.
Varanning "Real" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. SHu boisdan MYU iloji boricha narxni tushirishga harakat qilmoqda.
O'tgan mavsumda Varan 41 o'yinda 2 gol urdi.