"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning singlisi Katya Aveyru akasini har tomonlama qo'llab-quvvatlashini bildirdi.
Ma'lumki, futbolchi Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan 5 o'yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.
"Seni yo'qotib yuborishlari uchun ular Xudoning o'zini yordamga chaqirishlari kerak bo'ladi. Buning iloji yo'qligini hisobga oladigan bo'lsak, ular erga o'tirib, xomush tortgan holda kutishlariga to'g'ri keladi.
Seni nohaq diskvalifikatsiya qilishdi, uning muddati o'tgach, sen maydonga boshqacha ruhda tushasan. Sen oldin hech kim bilmagan kuchga aylanasan. Ishonaver, adolat tantana qiladi" - deb yozdi Katya instagram sahifasida.