Jarohatlar futbolning ajralmas qismi, garchi ushbu holat ba'zida klublarni butun mavsum davomidagi rejalarini buzib yuborsa ham. Eng yaxshi deb e'tirof etiladigan o'yinchilar ham oylar davomida safdan chiqishi mumkin. Hozir biz dramatik voqealar haqida gapirmayapmiz. Futbolchilar jarohatlar tufayli karerasini tugatishga majbur bo'lishsa, klublar - ko'pincha buning evaziga hech narsa olmasdan ko'p pul to'lashga majbur bo'lishadi. Hozir esa biz aynan shu haqida fikr bildirmoqchimiz.
«Betiton Sports» nashri tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, 2020/21yilgi mavsumda Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida jarohat olgan futbolchilar qariyb yarim milliard evro pul olishgan.
Jarohatlangan futbolchilarga oylik maosh to'lash bo'yicha eng katta mablag' «Real Madrid» tomonidan sarflangan. «Qirollik klubi» yakunlangan mavsumda jarohatlar epidemiyasini boshdan o'tkazdi.
Shubhasiz, Eden Azarning Evropada eng ko'p maosh oladigan futbolchi ekanligiga hech kim ajablanmaydi. Ammo, belgiyalik futbolchi oxirgi 10 yillikdagi eng yomon transferlardan biriga aylanishiga yaqin turibdi. Sababi, «qaymoqranglilar» Eden uchun 100 million evrodan ko'proq mablag' sarflagan, ammo mana ikki yildirki Azar o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmayapti.
2020/21 yilda jarohat sabab eng ko'p zarar ko'rgan 10 klub.
1. «Real Madrid» (Ispaniya) - 44,75 million evro
2. «Pari-Sen-Jermen» (Frantsiya) - 41,08 million evro
3. «Barselona» (Ispaniya) - 40,8 million evro
4. «Manchester Yunayted» (Angliya) - 33,78 million evro
5. «Liverpul» (Angliya) - 31,65 million evro
6. «Yuventus» (Italiya) - 30,34 million evro
7. «Chelsi (Angliya) - 26 million evro
8. «Borussiya D» (Germaniya) - 25,57 million evro
9. «Roma» (Italiya) - 23,05 million evro
10. «Manchester Siti» (Angliya) - 18,78 million evro
- «Bavariya» (Germaniya), «Arsenal», «Nyukasl», «Kristal Pelas», «Tottenxem», «Everton», «Lester» (barchasi - Angliya), «Shalke» (Germaniya), «Milan» va «Inter» (ikkalasi ham - Italiya) ham shular jumlasidandir.
- «Nyukasl»da futbolchilar jarohat olish muddati uzoqroq bo'lgan. Har bir jarohat uchun o'rtacha 107 kun. «Real»da esa bu ko'rsatkich 69 kunni tashkil qiladi.
- Ammo, «qirollik klubi» nafaqat aniq raqamlar bo'yicha, balki nisbiy ko'rsatkichlar bo'yicha ham etakchilik qilmoqda: tiklanish davri ikki haftadan ko'p bo'lgan har bir jiddiy jarohat «qaymoqranglilar»ga 2,63 million evroga tushgan. Albatta, ushbu statistikaning asosini Eden Azar tashkil qiladi. Belgiyalik futbolchiga ketgan mablag' «Real»ning zarar ko'rgan barcha pullarining 38 foizini tashkil etgan.
- Yuqorida keltirilgan 10 ta jamoaning 8 tasi eng boy klublarning kuchli o'ntaligiga kirgan jamoalar hisoblanadi.
2020/21 yilgi mavsumda jarohat olsa ham, eng ko'p pul ishlab topgan 10 nafar futbolchi
1. Eden Azar («Real»; Belgiya) - 17,14 million evro
2. Filippe Koutino («Barselon»; Braziliya) - 15,81 million evro
3. Neymar («Pari-Sen-Jermen»; Braziliya) - 13,64 million evro
4. Pol Pogba («Manchester Yunayted»; Frantsiya) - 11,15 million evro
5. Marko Roys («Borussiya Dortmund»; Germaniya) - 7,51 million evro
6. Samuel Umtiti («Barselona»; Frantsiya) - 7,4 million evro
7. Paulo Dibala («Yuventus»; Argentina) - 7,34 million evro
8. Kristian Pulishich («Chelsi»; AQSh) - 6,95 million evro
9. Garet Beyl («Tottenxem», Uels) - 6,82 mln evro
10. Xaver Pastore («Pari-Sen-Jermen»; Argentina) - 6,39 million evro
- «Real Madrid» Eden Azar uchun haftasiga 475 ming evro sarflaydi, o'tgan mavsumda futbolchi jami 252 kun jarohat sabab maydonga tusha olmagan. Natijada umumiy to'lov 17,14 million evroni tashkil qilgan. Bu faqat futbolchining o'zi olgan maoshi hisoblanadi. Qolaversa, qariyb 13 million evroni esa Madrid klubi soliq sifatida Ispaniya g'aznasiga o'tkazgan.
- Kuchli o'nlikka ikki braziliyalik, ikki argentinalik va ikki frantsuz futbolchilari bor. O'tgan mavsumda inglizlar, ispanlar, gollandlar va italiyalik futbolchilar ishonchli o'yin namoyish etishgan va kamdan-kam hollarda lazaretga tushishgan, ammo ikkinchi o'nlikda ushbu millat vakillari ham bor:
- Shifoxonada bo'lsa ham, katta daromad ko'rgan futbolchilarning ikkinchi o'ntaligidan fuyidagi futbolchilar joy olgan: Markus Reshford («Manchester Yunayted»), Serxio Ramos («Real»), Virdjil van Deyk («Liverpul»), Nikolo Dzanolo («Roma»), Serxio Aguero («Manchester Siti»), Mateys De Ligt («Yuventus»), Marko Verratti («Pari Sen-Jermen»), Korenten Tolisso («Bavariya»), Aleks Sandro («Yuventus») va Edinson Kavani («Manchester Yunayted»).
- Filippe Koutino jarohat sabab 233 kun maydonga tushmagan. O'sha paytda braziliyalik 15,81 million evro atrofida pul ishlab topgan. Ushbu summa «Barselona»ning jarohatlangan futbolchilarga qilgan barcha to'lovlarining 39% hisoblanadi.
- Neymar top-20-da eng ko'p maosh oladigan futbolchi. Parij klubi a'zosi bo'lgan braziliyalik futbolchi 95 kun davomida kasalxonada bo'lgan. Mazkur vaqt davomida Neymar salkam 14 million evro «PSJ»ga zarar etkazgan. Neymar lazaretda bo'lgan paytda ham «Pari Sen-Jermen» klubidan bir kunda taxminan 140 ming evro atrofida pul olgan.
Jamshidjon Mahmudov tayyorladi.