«Sevilya» futbolchisi Jyul Kunde yangi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi mumkin. 23 yoshli frantsuz futbolchisiga APL va La liganing bir qancha grandlari qiziqish bildirmoqda. Bular - «Real», «Chelsi» va «Tottenxem». Mazkur jamoalar Jyulning transferi bo'yicha jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Lekin, mazkur klublar orasida faqatgina, «Tottenxem» ispan klubi aytgan summani berishga tayyor. «El Desmarque» nashrining xabariga ko'ra, «shporlar» Kunde uchun 55-60 million evro atrofida taklif qilishga tayyorlanmoqda.
«Estadio Deportivo» nashrining yozishicha «Sevilya» Kundeni 60 million evrodan kamiga sotmaydi.
Eslatib o'tamiz, Jyul o'tgan mavsum La ligada 34 uchrashuvda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.