«Manchester Yunayted» Rafael Varan transferi bo'yicha kelishuv amalga oshmasa, «Lion» himoyachisi Yoaxim Andersenni sotib olish masalasini ko'rib chiqishga tayyor, deb xabar beradi FootMercato.
«Qizil iblislar» «Real» himoyachisini yozdagi asosiy transfer maqsadi sifatida ko'rmoqda, ammo manbaning ta'kidlashicha, «MYu» muqobil variant zarur bo'lsa, Andersenni sotib olish uchun kurashadi.
Eslatib o'tamiz, Yoaxim o'tgan mavsumni «Fulxem» klubida ijarada o'tkazdi.