«Real» hujumchisi Luka Yovich klubda qolishni istamoqda, deya xabar beradi Goal.
Futbolchi jamoaning yangi murabbiyi Karlo Anchelotti unga tarkibda joy berishiga umid qilmoqda. Hujumchi o'tgan mavsumni «Ayntraxt» safida o'tkazdi, ammo endi u ijara asosida faoliyatini o'tkazishni xohlamaydi.
Garchi Luka Madridda qolishga bor kuchi bilan intilmasin, hali rahbariyat bu borada aniq bir echimga kelganicha yo'q, uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Yovich «Real»ning yozda sotishi mumkin bo'lgan futbolchilari ro'yxatida bor.