«Real» himoyachisi Nacho Fernandes «qirollik klubi» bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda «Blankos» matbuot xizmati xabar beradi.
31 yoshli futbolchining «Real» bilan yangi shartnomasi 2023 yil 30 iyungacha mo'ljallanadi.
Eslatib o'tamiz, Nacho aynan «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 20 yildan beri bitta tizimida faoliyat olib bormoqda. Nacho Madrid klubiga ko'plab sovrinlarni yutishiga yordam bergan.