31 yoshli o'yinchining yangi shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Futbolchi "Real" akademiyasiga 20 yil oldin, aniqrog'i 2001 yilning 1 iyulida kelgan edi.
U klubning o'smirlar va yoshlar jamoasida, "Kastilya"da o'ynagan, 2013/14 yilgi mavsumdan esa asosiy jamoaning o'yinchisi hisoblanadi.
Futbolchi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.