Ispaniyaning Marca nashri jarohat olgan futbolchilarning maoshiga eng ko'p pul sarflaydigan klublar ro'yxatini e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, bu borada eng katta mablag «Real Madrid»da haftasiga 475 ming evro oladigan Eden Azarga sarflangan. Jarohatlar tufayli u o'tgan mavsumning 252 kunini o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, «qirollik klubi» futbolchiga maydonga tusha olmagan mavsumlarida qariyb 17 million evro to'lagan.
Reytingda ikkinchi o'rinni Kataloniyaning «Barselona» klubining hujumkor yarimhimoyachisi Filippe Koutino egalladi. Braziliyalik futbolchi haftasiga 474 ming evro ishlab oladi va jarohati tufayli 233 kunni o'tkazib yubordi. Koutino o'ynay olmagan vaqtida «Blaugrana» unga 16 million evro to'lagani ma'lum bo'lmoqda.
Ro'yxatning uchinchi pog'onasini «PSJ»ning braziliyalik futbolchisi Neymar egallagan. U haftasiga 1 million evro ishlab topadi va o'tgan mavsumda 95 kunni o'tkazib yubordi. Parijliklarning zarari taxminan 13,6 million evroni tashkil qilmoqda.