The Athletic xabariga ko'ra, "Real" ingliz klubidagi mavqeidan unchalik mamnun bo'lmagan 26 yoshli futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Avvalgi yillarda agent Adi Vard Madrid klubi bilan aloqada bo'lib turardi, ammo o'tgan mavsumda Sterling u bilan ishlashni to'xtatdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola inglizni klubda qolishini istamoqda. U Sterling ham, Bernardo Silva ham o'zlarining noroziligini engib, eng yuqori darajada o'ynashda davom etishlariga ishonadi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so'ng o'z nihoyasiga etadi va «Siti» uning uchun yangi shartnomani tayyorlamoqda. Klub yangi shartnoma Sterlingni jamoada qolishiga ishontirish uchun etarli bo'ladi deb hisoblamoqda.