Marokashlik himoyachi Ashraf Hakimi "PSJ"ga ko'chib o'tgandan keyingi hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men g'ururga to'lganman. "PSJ" menga Ispaniya, Germaniya va Italiyadan keyin yangi ligani kashf etish imkoniyatini berdi. Yangi jamoadoshlarim va muxlislarim bilan uchrashishni sabrsizlik bilan kutaman. "PSJ"ning katta ambitsiyasiga sherikman. Men umidlarni qondirish uchun hamma narsani qilish niyatidaman", - deydi futbolchi.
Ma'lumto uchun, 22 yoshli Xakimi "Inter"dan "PSJ"ga 60 million evro evaziga o'tgan. Futbolchi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Dortmundning "Borussiya"sida ham o'ynagan.