Garet Beyl 2021/22 yilgi mavsumda "Real"da qoladi, deb xabar beradi Daily Mail. Uelslik futbolchi so'nggi mavsumni ijara asosida "Tottenxem"da o'tkazdi, ammo u tez orada mavsum oldidan Ispaniyaga qaytishi kerak.
31 yoshli futbolchining "Real" bilan shartnomasi tugashiga bir yil qoldi, ammo yangi tayinlangan murabbiy Karlo Anchelotti Garetga qattiq ishonch bildirmoqda.