«Real» hujumchisi Brahim Dias yangi mavsumni ham «Milan»da o'tkazishi kutilgandi. Ammo u Madridga qaytdi va mavsum-2021/2022ga tayyorgarlikni "qaymoqranglilar" safida o'taydigan bo'ldi.
Kecha "Qirollik klubi" futbolchilari jamoa bazasidagi tibbiy markazda va Sanitas La Moralexa sport meditsinasi universiteti shifoxonasida tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Dias ham "Real" safida tibbiy ko'rikdan o'tdi, deya xabar tarqatdi klub rasmiy sayti.