"PSJ "Real"ning sobiq sardori Serxio Ramos bilan shartnoma imzolashga rozi bo'ldi, deb xabar bermoqda L'Équipe.
Tomonlar o'rtasida shartnoma tuziladimi yoki yo'qmi, bu tibbiy ko'rik natijalariga bog'liq. Sababi, Ramos o'tgan mavsum jarohat sabab ko'p uchrashuvlarni o'tkazib yuborgan.
Ramos Parij klubi tibbiy ko'rigidan ertaga, 6 iyul kuni o'tishi aytilmoqda.