Frantsiya terma jamoasi va "Real" hujumchisi Karim Benzema Evro-2020dagi ishtiroki borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Terma jamoamizni sovrindorlar safida ko'rishni istagandim. Bizga ishonch bildirgan muxlislarga rahmat aytaman. Qiyinchiliklar va mag'lubiyat bizga o'zimizni engib o'tishga undaydi. Bu shunchaki biroz ortga chekinish, biz esa kuchliroq bo'lib qaytamiz.
Shuningdek, men terma jamoadagi sheriklarim, murabbiylar va butun Frantsiyaga minnatdorchilik bildiraman. Ular mening terma jamoaga qaytishimni iliq qabul qilishdi", – deya yozdi Benzema.