«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoani tark etishi mumkin, deya xabar tarqatdi El Pais nashri.
Manbaga ko'ra, portugaliyalik futbolchi 5ta o'yindan iborat diskvalifikatsiyadan norozi bo'lmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh iyun oyida Krishtianu uchun yangi jamoa qidira boshlagandi, ammo Ronaldu jamoada qolishini e'lon qilgandi.
"Real"dagilar futbolchining jamoani tark etmasligiga ishonchi komil, ammo Krishtianuning bunga kafolat berayotgani yo'q. «Ko'ramiz, 31 avgustgacha nima sodir bo'lar ekan», – deya yozdi manba.