"Leyptsig" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmo "Real" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Ushbu ma'lumotlar Ispaniya ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilmoqda.
Olmo yoshligida "Barselona" akademiyasida tahsil olgani va hatto U-16 jamoasining sardori bo'lgan.
Olmo o'tgan mavsum Germaniya Bundesligasida 32 uchrashuv o'tkazdi. 23 yoshli yarim himoyachi 5 ta gol urdi va 9 ta golli pas berdi.