Madridning "Real" klubi ushbu yozda yangi markaziy himoyachi sotib olishni rejalashtirmayapti, deb xabar bermoqda ABC.
Manbaga ko'ra, "qaymoqranglilar" Rafael Varan ketgan taqdirda ham o'z fikrlarini o'zgartirmaydi.
Jamoa murabbiylar shtabi David Alaba, Eder Militao va Nacho Fernandeslar tarkibidagi mavjud resurslar kelgusi mavsum uchun etarli bo'lishini kutishmoqda. Shuningdek, Xesus Valexo, Viktor Chust va Mario Gila o'z imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.
Avvalroq, "Real" "Vilyarreal"dan Pau Torres va "Sevilya"dan Jyul Kunde sotib olmoqchi edi.