Manbaning xabariga ko'ra himoyachi Serxio Ramos "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamagan.
Ingliz klubi futbolchiga 10 million funt maosh bilan shartnoma taklif qildi, ammo futbolchi rad javobini berdi.
Hozirda Ramos erkin agent bo'lib, yaqinda "Real" bilan shartnomasini yakunladi.
Shuningdek, Ramos katta ehtimol bilan PSJda faoliyatini davom ettirishi ta'kidlangan. Qolaversa, "Arsenal" ham futbolchining transferiga qiziqish bildirgan.