Ingliz OAV yozgi transferlar oynasi vaqtida "Real" va "Manchester Yunayted" o'rtasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan shov-shuvli kelishuv haqida xabar qilmoqda.
AS nashri ma'lum qilishicha, "qizil iblislar" Rafael Varanni sotib olishni istashmoqda, ammo frantsiyalik himoyachi uchun kerakli 70 million evroni to'lashga klub tayyor emas.
Shuning uchun ingliz klubi bir yildan so'ng shartnomasi tugaydigan yarim himoyachi Pol Pogbani Madrid klubiga berishni va o'rniga Varanni Manchesterga olib kelishni ko'zlamoqda.
Ma'lum bo'lishicha, "Borussiya Dortmund" vingeri Jeydon Sanchoni sotib olganidan so'ng "Manchester Yunayted" boshqa transferlarga atigi 45 million mablag' qoldirgan.