Himoyachi Nacho «Real»da o'ynashni davom ettiradi.
Xabar qilinishicha, ispaniyalik futbolchi «qaymoqranglilar» bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi. Qayd etilishicha, Nacho madridliklar bilan 2023 yil yozigacha yangi shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, himoyachi 20 yildan beri «Real»da o'ynab kelmoqda. U 2001 yilda klubning yoshlar jamoasiga qo'shilgan edi.