«Real» sobiq himoyachisi va sardori Serxio Ramos PSJga o'tishga rozi bo'ldi.
Bu haqda Frantsiya matbuoti xabar bermoqda. Yaqin kelajakda 35 yoshli ispaniyalik tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Serxio Ramos 2005 yildan beri «Real» da o'ynab, u erga «Sevilya»dan ko'chib o'tgan edi. U endi erkin agent maqomida harakatlanadi.
Manbaning xabariga ko'ra, Serxioning PSJ bilan shartnomasi ikki yilga mo'ljallangan.