«Flamengo» hujumchisi Vinisius Junior «Real» tarkibida debyut qilishga intilmayapti.
"Yangi Neymar" laqabini olgan 16 yoshli futbolchi Braziliyada tajriba orttirishni maqsad qilgan.
«Men kutishni bilishim kerak. Juda xotirjam va baxtiyorman, shu tufayli shoshilmayman. Bundan tashqari, ajoyib jamoadoshlarim ham menga ishonch bildirmoqda», — dedi Vinisius Marca xabarida.
Eslatib o'tamiz, Vinisiusning «Real» bilan imzolagan shartnomasi 2018 yil yozida kuchga kiradi. Biroq u 2019 yil yozigacha «Flamengo» tarkibida qoladi.