"Chelsi" "Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde uchun kurashga qo'shildi, deb xabar beradi ABC Seville.
Qayd etilishicha, londonliklar raqobatchilaridan, jumladan "Real", "Barselona", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublaridan ancha ildamroq harakat qilmoqda.
Kundening "Sevilya" bilan shartnomasi 2024 yil 30 iyungacha amal qiladi, transfer qiymati 60 million evroga baholanmoqda.
O'tgan mavsumda Frantsiya terma jamoasi futbolchisi barcha turnirlarda 49 uchrashuv o'tkazib, to'rtta gol va bitta golli pas berdi.