Ertaga «Real» bilan shartnomasi tugaydigan himoyachi Serxio Ramos PSJ bilan muzokara olib bormoqda.
"L’Équipe" xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi mavsum uchun 13 million evro maosh bilan 2 yillik shartnoma tuzmoqchi.
Parijliklar 35 yoshli futbolchi bilan bu muddatga shartnoma imzolash to'g'ri qaror ekanligiga shubha qilmoqda. Klub Ramosga 1 + 1 bilan shartnoma berish niyatida.
Eslatib o'tamiz, futbolchi aynan shartnoma muddati bo'yicha kelishmovchiliklar tufayli «Real» bilan kelisha olmagan edi. Madridliklar u bilan bir yilga hamkorlikni davom ettirishga tayyor edi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda Ramos La Ligada 15ta o'yin o'tkazdi va 2ta gol urdi.