«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bugun bo'lib o'tadigan «Fiorentina»ga qarshi Santyago Bernabeu kubogi doirasidagi bahsda Ronaldu 90 daqiqa o'ynashini ta'kidladi. «Real»ning sobiq prezidenti sharafiga o'tkaziladigan o'rtoqlik o'yini bugun, 23 avgust kuni Madridda bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Ronaldu diskvalifikatsiya tufayli Ispaniya La ligasi o'yinlarini o'tkazib yubormoqda. Portugaliyalik futbolchi 5ta o'yindan iborat chetlatishning 2tasini o'tadi. Ronaldu chempionat doirasida yana 3ta — «Valensiya», «Levante» va «Real Sosedad»ga qarshi o'yinlarda ishtirok eta olmaydi.