Ispaniya qirollik soliq xizmati «Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti to'lanmagan soliqlarni qoplash uchun maoshini ushlab qolishni talab qildi, deya xabar bermoqda "El Mundo Deportivo" nashri.
Italiyalik mutaxassis 1 462 562 evro to'lashi kerak. Ushbu qarz 2013-2015 yillarda paydo bo'lgan. Anchelotti «Real»dagi maoshi, shuningdek, imidj huquqi bo'yicha daromadlarini noto'g'ri e'lon qilgan edi.
Soliqni ushlab turish to'g'risidagi buyruq Anchelotti «qirollik klubiga»ga qayta tayinlanganidan 48 soat o'tgach chiqarilgan.