Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Luka Modrich: «Real»da o'ynashdan yaxshi narsa yo'q»

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Madridning «Real» klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida «qaymoqranglilar» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirganidan mamnunligini yashirmadi.

.
- Yuklab olish

Xorvatiyalik yarim himoyachi Luka Modrich Madridning «Real» klubi rasmiy saytiga bergan intervyusida «qaymoqranglilar» bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirganidan mamnunligini yashirmadi.

Shartnomani uzaytirish haqida

- «Real»da o'ynashdan yaxshi narsa yo'q. «Bernabeu»da o'ynashdan yaxshi narsa yo'q. Hamma ushbu klubda to'p surishni xohlaydi va bu menga nasib qildi - o'ninchi yilni ham shu erda o'tkazaman. Shunday buyuk klub vakili bo'lishdan yaxshi narsa yo'q. Ayniqsa, 9 yil orzu bilan yashagandan so'ng. Umid qilamanki, 10-mavsum ham o'zgacha bo'ladi. Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Bundan faxrlanaman - men bu erda deyarli 10 yildan beri yashayapman va bunga aql bovar qilmaydi, buni hatto kutmagandim. Madridga kelganimda deyarli 27 yoshda edim va ajoyib klubda shuncha vaqt bo'lishimni kutmagandim. Talablar shu qadar balandki, bu erda qolishga munosib bo'lish uchun har doim eng yaxshi bo'lishingiz kerak. Bunday buyuk jamoada yana bir yil to'p surishdan juda xursandman va g'ururlanaman.

 

Klubdagi uzoq umr sirlari haqida

- Imkon qadar har kuni o'zimga jiddiy e'tibor qarataman, chunki bilamanki, futbolchilik faoliyatida, garchi hozirda futbolchilar butsalarini mixga ilishga unchalik shoshilmayotgan bo'lishsa-da, diqqatni bir joyga jamlashingiz, yaxshi tayyorgarlik ko'rishingiz, tiklanishingiz, yaxshi ovqatlanishingiz va dam olishingiz kerak. Shuning uchun yangi mavsumda ham hozirgi darajamda o'ynashga qodirligimga ishonaman. Ushbu klubda qolish futbolchidan maksimal sadoqatni talab qiladi va men bu erda ekanman, bor kuchimni sarflayman.

 

«Real» Madriddan o'rganganlari haqida

- Ushbu klub va uning libosi sizga hech qachon taslim bo'lmaslikni o'rgatadi. Bizda qattiq kurashgan paytlar bo'lgan, hech qachon taslim bo'lmaganmiz va so'nggi bir nechta turnirlarda g'olib chiqdik. Asosiysi - o'zingga ishonish va hech qachon taslim bo'lmaslik.

 

«Oltin to'p» haqida

- Bu ajoyib yutuq. Faoliyatingizda nimani yutishni xohlayotganingizni o'ylab ko'rsangiz, bu sovrin - «tort ustidagi olcha»dir. «Oltin to'p»ni olish, ayniqsa, Krishtianu Ronaldu, Messi va boshqa buyuk futbolchilar unga erishib turgan davrga to'g'ri kelganini hisobga olsak, ajoyib, o'ziga xos va unutilmas narsa. «Bernabeu»da mukofotni ko'tarib turgan paytimda muxlislarning meni olqishlashgani, ismimni aytib kuylashgan lahzalarni bir umr xotiramda saqlab qolaman. Bu onlarni har eslaganimda meni yoqimli hayajon bosadi. Otamning naqadar mag'rur bo'lganini tasavvur qila olmayman. O'zimni uning o'rniga qo'ydim va otamning ko'z yoshlari meni hayajonlantirdi. Bilaman, u boshidanoq men bilan birga bo'lgan, meni har kuni mashg'ulotlarga olib borar, keyin esa uyimizga yaqin joydagi avtoturargohga borib men bilan ishlagan. U har kuni men bilan birga edi, ba'zida opa-singillarim kelib, bizni kuzatishardi. Otamni shunday quvnoq holda ko'rish yoqimli va bularning barchasini men bilan birga boshdan kechirganidan juda xursandman. U erishgan yutuqlarim uchun cheksiz minnatdorchiliklarga loyiqdir, chunki u mening eng katta muxlisim va meni boshidanoq qo'llab-quvvatlab kelgan.

 

«Madrid»dagi faoliyatining eng esda qolarli lahzalari haqida

- «Madrid»dagi alohida bir lahzani ajratib ko'rsatish mushkul, chunki ular juda ko'p edi. Men faqat bittasini tanlamoqchi emasdim, lekin «Desima» va qo'shkubokka erishgan o'sha 2016|2017 yillar mavsumini baribir e'tirof etgan bo'lardim. O'shanda La Liga va Chempionlar Ligasini yutgandik... Yillar davomida juda yaxshi o'ynadik va o'zimni juda ishonchli his qildim... o'yindan chindan ham zavqlanardim. Bundan tashqari, 2018 yil men uchun ham individual, ham jamoaviy hisobda ajoyib yil bo'lgandi. O'tgan to'qqiz yil ichida erishgan yutuqlarimiz juda ta'sirli bo'ldi. Takrorlash deyarli mumkin emas va rostini aytsam, men to'rt marta Chempionlar Ligasida g'olib chiqaman, deb o'ylamagandim.

 

ChLdagi g'alabalar haqida

- «Desima» muhim edi, chunki jamoa ushbu kubokni yutishni 12 yil kutgandi. Biz oxirigacha taslim bo'lmadik va ishonishda davom etdik... Haqiqatan ham, o'zimizga va so'nggi daqiqada urgan golimizga ishondik. O'yin o'zgacha edi. Bu ta'sirli g'alaba bo'lgandi. 11-kubokni yutganimizda, o'ylaymanki, o'yin natijasini oldinroq hal qilishimiz mumkin edi. Uchrashuv payti ko'p imkoniyatlardan foydalana olmadik, ammo yakunda penaltilar seriyasida sovuqqonlikni saqlagan holda, kubokni qo'lga kiritdik. O'n ikkinchisi men uchun eng yaxshi Chempionlar Ligasi finali bo'ldi. O'n uchinchisi ham alohida edi, chunki murabbiy final oldidan bizga ketma-ket ikki yoki uchta unvonni qo'lga kiritgan basketbol va Amerika futboli jamoalari sulolalari videosini namoyish etdi... Biz ham buning bir qismi bo'lishni xohladik va Chempionlar Ligasida uchinchi marta g'olib chiqdik. Har doim Chempionlar Ligasida ketma-ket ikkita g'oliblikni qo'lga kirita oladigan jamoa bo'lsa, bu «Real» deb aytganmiz. Buni birinchi bo'lib Madrid amalga oshirishi kerak.

 

«Real»dagi ilk kunlari haqida

- «Real»ga o'tish orzum edi. Bu erga kelishdan oldin boshimdan o'tgan barcha qiyinchilik va kurashlar hamisha xotiramda qolgan, lekin men bu erda muvaffaqiyat qozonishim haqida o'ylashim mumkin bo'lgan yagona narsaligi va buni amalga oshirish uchun bor kuchimni berishimni bilardim. Hech qachon taslim bo'lmadim va hatto ishlar yurishmayotgan bo'lsa ham, maqsadim uchun qattiq ishlashimni bilardim. Bu mening munosabatim edi - muvaffaqiyatli bo'lishni xohlardim. Klub bilan tanishgan kunim juda hayajonli o'tgandi, chunki «Real» bilan shartnoma imzolashni deyarli ikki oy kutdim. Juda asabiy edim va Madridga qo'nishim, shartnoma imzolashim, hammasi juda tez sodir bo'ldi. Ular menga sovrinlarni namoyish qilishdi - bu o'zgacha lahza bo'lgandi.

 

Dalda haqida

- Boshidanoq rafiqam hamisha yonimda edi. Biz 18-19 yoshdaligimizdan beri birgamiz va u mening eng asosiy ko'makchim bo'lgan, ayniqsa, qiyin paytlarda, chunki doim yoningizda bo'ladigan va barcha qiyinchiliklarni boshdan kechiradigan odamga ega bo'lishingiz kerak. Keyin bolalar, ota-onalar, opa-singillar va bolalikdagi do'stlarim. Bu odamlar doim qiyin paytlarda yonimda bo'lganlar va men qo'llab-quvvatlaganliklari uchun ulardan doimo minnatdorman.

 

Eng noxush lahzalar haqida

- «Desima»dan keyingi bir yilni jarohatimni davolatishga sarfladim. Biz 20dan ortiq mag'lubiyatsiz o'yin o'tkazdik va shu orada men jarohat oldim. Kasalxonada to'rt oyni o'tkazdim.

A.ABDUVALIXO'JAEV tayyorladi

BestMaster
29 Iyun 2021, 09:30
modrich, «real»da, oynashdan, yaxshi, narsa, yoq»,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads