La Liga prezidenti Xaver Tebasning fikricha, «Real» va «Barselona» klublari Superliga loyihasidagi ishtiroki uchun jazoga tortilishi shart.
«Klublar UEFA reglamentini buzgan ekan, ularga sanktsiyalar qo'llanilishi shart. Bu klublar ispan jamoalari bo'lsa-da, ularga nisbatan ayblovlar jiddiy.
«Real»ning ko'proq Superliga haqida o'ylayotgani meni ranjitmoqda. Bu evrokubok va ichki musobaqalarni izdan chiqarishi mumkin», - deydi Tebas.
Ma'lumot uchun, «Real», «Barselona» va «Yuventus» klublari Superliga loyihasini amalga oshirish fikridan qaytgani yo'q.