"Milan" "Real Madrid"ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Marca.
Manbaga ko'ra, "qirollik klubi" rahbariyati Yovichning maoshini yana to'rt yil to'lamoqchi emas va shu sabab uni sotishga tayyor. Milanliklar esa tez orada futbolchi borasida madrid klubi bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Real" Yovich uchun Germaniyaning "Ayntraxt" jamoasiga 60 million evro to'lagan.
O'tgan mavsumda, yilning ikkinchi yarmida, Yovich Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasida ijarada o'ynadi. Serbiyalik futbolchi Bundesligada 18 o'yin o'tkazib, unda 4 ta gol urdi.