"Real" yarim himoyachisi Braim Dias "Milan"da ijarada o'ynashni davom ettiradi, deb yozadi jurnalist Fabritsio Romano tvitterda. Manbaning xabariga ko'ra, klublar 21 yoshli futbolchining ijara muddatini uzaytirishga kelishib olgan.
"Real Madrid" futbolchini 30 million evroga sotishni xohlagan. Biroq "Milan" 25 million evro evaziga yarim himoyachining to'laqonli egasiga aylanishi mumkin. 2020/21-yilgi mavsumda Dias "Milan"da ijarada o'ynadi. U jamoa tarkibida 39 ta o'yinda 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.