Marca xabariga ko'ra «Milan» «Real Madrid»ning serbiyalik hujumchisi Luka Yovichga qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko'ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati Lukaning yana to'rt yil davomida amalda bo'ladigan shartnomasiga toqat qila olmaydi va unga beriladigan maoshni to'lamoqchi emas.
Eslatib o'tamiz, «Real» Yovich uchun Germaniyaning «Ayntraxt» jamoasiga 60 million evro to'lagan edi.
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmida Yovich aynan «Ayntraxt» jamoasida ijarada o'ynadi. Serbiyalik futbolchi Bundesligada 18 ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan.