Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Tug'ilgan kuning bilan Madrid to'purari! Bugun afsonaviy Raul 44 yoshga to'ldi!

Bugun, 27 iyun kuni, "Qirollik klubi" afsonasi va millionlab muxlislarning sevimli o'yinchisi Raul Gonsales Blanko 44 yoshini nishonlamoqda.

.
- Yuklab olish

Afsonaviy Raul "Real" safida 1994 yildan maydonga tushishni boshlagan, "qaymoqranglilar" klubidagi faoliyatini 2010 yilda yakunlagan. Ushbu 16 yil davomida u almashtirib bo'lmas o'yinchi, haqiqiy sardorga aylandi. Klub bilan yaxshi-yomon kunlarni boshdan kechirdi. Madrid jamoasi sardori bo'lgan yillarida Raul klubni yuksak pog'onlarga olib chiqa oldi. U klub uchun 16 yil umrini fido qildi... Raul singari buyuk futbolchilarning qoldirgan natijalari tufayli yangi avlodning millionlab muxlislari dunyoning eng buyuk klubilaridan birini qo'llab-quvvatlashi uchun Madridga oshiqishadi.

Raul Gonsales Blanko — shubhasiz, istedodli, betakror shaxs va noyob futbolchi, u "Qirollik klubi" va Ispaniya terma jamoasining tirik ramziga aylandi.

Madrid klubi Raul faoliyatining asosini tashkil etdi. "Real" prezidentlari, bosh murabbiylari almashdi (Raul "Real" tarkibida bo'lgan vaqtida, klub 14 ta murabbiyni almashtirdi), ammo Raul jamoaning doimiy azosi bo'lib qoldi. 

Uning Madrid jamoasi safidagi debyuti 1994 yil oktyabr oyida bo'lib o'tgan va ilk mavsumida Ispaniyada chempionatining 28 o'yinida 9 ta gol urgan, "Real Madrid" esa 4 yillik tanaffusdan so'ng chempionlikka sazovor bo'lgan. 17 yoshli hujumchi deyarli asosiy tarkibning qo'zg'almas futbolchisiga aylandi, 1995/1996 yilgi mavsumda Raul klub safida rasmiy o'yinlarda 26 ta gol urdi. 

SHunday qilib, yosh forvard jamoaning etakchisiga aylandi va o'n yarim yil davomida shu darajani saqlab qola oldi. 90 yillarning o'rtalaridagi "Real" o'z darajasini ushlab tura olishi va ortiqcha dabdabasizligi bilan ko'pchilikni hayratga soldi. Klub etakchilari Fernando Yerro, Kristian Panuchchi, Fernando Redondo, Davor SHuker va, albatta, Raul kabi yuqori darajadagi yulduzlar edi.

Keyinchalik "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatida uch marta g'alaba qozondi, eng muhimi, 22 yillik tanaffusdan so'ng klub 1997/1998 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasida g'alaba qozonib, Evropaning asosiy sovrinini qo'lga kiritdi hamda oradan ikki yil o'tgach, jamoa ushbu muvaffaqiyatni yana takrorladi.

Keyin Florentino Peres "Real Madrid" prezidenti bo'ldi va klubda "galaktikos" davri boshlandi — bir necha yil ichida Peres Zinedin Zidan, Ronaldo, Maykl Ouen kabi futbolchilarni jamoaga olib keldi. Bu esa mavjud yulduzlar davrasiga qo'shimcha yulduzlarning qo'shilishi edi! 

O'sha paytda "Real Madrid"dan "chopib tashlangan" ko'plab futbolchilarining taqdiri achinarli edi — masalan, 19 yoshidan beri Madrid jamoasida o'ynab kelayotgan Fernando Morentes jamoani abadiy tark etishga majbur bo'ldi. Ammo Raul bilan unday bo'lmadi. U nafaqat megayulduzlar safida adashib qolmaydi, balki 2003 yilda sardorlik bog'ichini qo'lga kiritadi, klubdan ketgunicha ushbu bog'ich bilan jamoasini maydonga boshlab tushadi. 

SHu paytgacha Raul o'tkazilgan o'yinlar soni bo'yicha klub rekordchisi bo'lib qolmoqda — 741 ta. Kiritilgan gollar soni bo'yicha esa undan faqatgina Krishtianu Ronaldu o'zib ketdi. SHu bilan birga, Raul kamdan-kam hollarda hujum boshlardi, u jarima maydon ichidan raqib darvozasiga xavf solishni yaxshi ko'rardi va tez-tez qanotlarga o'tib harakatlanardi.

Oqar suv kabi o'tayotgan yillar Raulga ham o'z tasirini o'tkazdi hamda 2010 yilning yozida 33 yoshli hujumchi klubni tark etishga qaror qildi, shu paytgacha faoliyatidagi yagona bo'lgan klubni...

Keyinchalik futbolchi "SHalke 04", "Al-Sadd", "Nyu-York Kosmos" klublarida to'p surib, so'ngra futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Hozirda afsonaviy Raul Madridga qaytgan — U "Qirollik klubi" yoshlar jamoasining ustozi.

Raulning futboldagi butun hayoti uning professionalligi xususida so'zlaydi. Unda ajoyib jismoniy fazilatlar yo'q edi, aql bovar qilmas dribling yo'q edi, u zarbalari bilan to'rni "yirtib tashlaydigan" futbolchi emasdi. Ammo afsonaviy Raul shunchaki maydonga chiqardi va shunchaki gol urardi, ortiqcha narsaning keragi yo'q edi unga. Mehnatsevarligi va gol urish instinkti tufayli u CHempionlar Ligasining eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylandi. 

Afsonaviy Raul har bir uchrashuvni go'yo so'nggisi kabi o'ynadi, u o'zini ayamadi, faqat jamoa foydasi uchun o'ynadi! SHaxsiy buyuklik emas, balki jamoama manfaati "Madrid to'purari" uchun eng muhim motiv edi... 

Ispaniyaning nufuzli "Marca" gazetasi tomonidan 2012 yilda o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, afsonafiy Raul Ispaniyada barcha davrlarining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. U 47,5% ovoz to'plab, Xavi va Andreas Inestani ortda qoldirdi. 

Ikki yarim yil davomida — 2004 yil oktyabridan 2007 yil apreligacha Raul rasmiy o'yinlarda biror marta ham sariq kartochka olmagan!

Umuman olganda, butun faoliyati davomida u birorta qizil kartochka olmagan! 

Futbol afsonasi nafaqat futbolchi jihatdan, balki insoniylik jihatdan ham o'rnak bo'la oladigan shaxslar sirasiga kiradi. Raulni tavallud ayyomi bilan qutlaymiz va u ham Zidan singari murabbiylikda ham yuksak cho'qqilarni zabt etishini istab qolamiz.

BestMaster
27 Iyun 2021, 22:30
tugilgan, kuning, bilan, madrid, topurari!, bugun, afsonaviy, raul, yoshga, toldi!,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads