Kosta-Rikalik darvozabon Keylor Navas "Deportivo"ga qarshi uchrashuvda penaltini qaytarganidan xabaringiz bor.
Uchrashuv davomida golkiper Arubi Andonening 11 metrlik nuqtadan yo'llagan zarbasini qaytardi va o'zining La Ligadagi penalti qaytarish bo'yicha ko'rsatgichini 50% ga olib chiqdi. Navas darvozasiga Ispaniya chempionatida umumiy hisobda 8 marta penalti belgilangan bo'lib, darvozabon shulardan 4 tasini qaytargan. Dastlabki penalti 2015/16-yilgi mavsumda Ruben Kastro ("Betis"), shuningdek, darvzabon eng ko'p 11 metrlik zarbani "Visento Kalderon"da qaytarishga erishgan. Kevin Gameyro va Antuan Grizmannlarni zarbalarini Navas oldida ojiz qolgan edi.
Hozirda Navas La Liga darvozabonlari ichida penalti qaytarish koeffitsienti bo'yicha 2-o'rinda bormoqda. Undan oldinda faqat sobiq "Valensiya" darvozaboni Diego Alves bormoqda.