Bild nashri Dani Olmo Madridning «Atletiko» futbolchisiga aylanishi mumkinligi haqida turli xabarlarni tarqatmoqda.
«Matraschilar» yarimhimoyachining Evropa chempionatidagi o'yinlarini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ammo «Atletiko» ayni dam moliyaviy qiyinchiliklar tufayli Olmoni sotib olish g'oyasidan voz kechishi ham mumkin.
Shuningdek, ispan xizmatlariga «Real» hamda «Barselona» ham qiziqayotgani haqida xabar berilgan edi. 23 yoshli futbolchining o'zi esa faoliyatini Germaniyada davom ettirishni xohlayapti.
O'tgan mavsumda Olmo Germaniya chempionatida 32 ta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi va 9 ta golli pasni amalga oshirdi.