"Lester" himoyachisi Uesli Fofana faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda ingliz nashrlari nashri. Manbaga ko'ra, "Real" 20 yoshli frantsuz futbolchisiga qiziqish bildirmoqda. Madrid klubi futbolchini yozda jamoani tark etishi mumkin bo'lgan Rafaelz Varanga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
2020/21-yilgi mavsumda Fofana "Lester" tarkibida 38 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 40 million evroga baholamoqda.