Marca nashrining xabariga ko'ra, "Liverpul" Parij klubiga 22 yoshli Kilian Mbappeni shu yozda sotishi mumkinmi yoki yo'qligini so'rab murojaat qilgan.
Parijliklar esa "Liverpul"ga frantsuzni ushbu yozgi transfer oynasida sotmoqchi emasligini aniq ko'rsatib berishdi. "PSJ" rahbariyati Mbappeni yangi shartnoma imzolashga ishontirishni va klubning katta ambitsiyalari borligini isbotlash uchun bir nechta yirik transferlarni amalga oshirishni maqsad qilgan. Aytilishicha, bu bilan parijliklar Pol Pogba, Serxio Ramos va Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolashi mumkinligiga ishora qilgan.