"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.
30 yoshli futbolchiga "Barselona" jamoasi da'vogarlik qilmoqda. Futbolchining londonliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida o'z nihoyasiga etadi.
Ayni paytda futbolchining transfer narxi 12 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Markos "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 1999 yildan 2010 yilgacha "qaymoqranglilar" futbolchisi edi.