Cadena Ser nashri Hora 25 Deportes sayti bergan ma'lumotlariga asoslanib xabar berishicha, Frantsiya terma jamosi va "PSJ" klubi hujumchisi Kilian Mbappe kelasi mavsumda ham Liga 1 da o'ynaydi.
Manbaning xabariga ko'ra, "Real Madrid" rahbariyati Mbappening ushbu yozgi transferini imkonsiz deb o'ylashmoqda. "Qaymoqranglilar" futbolchini sotib olish uchun moliyaviy imkoniyatga ega emas.
Shuningdek, avvalroq "PSJ" Mbappe uchun yangi shartnoma tayyorlayotgani haqida xabar berilgan edi.
Qayd etilishicha, Parij grandi taklif qilgan shartnomaning moliyaviy imkoniyatlari madridliklarnikiga qaraganda ancha yuqori.
O'tgan mavsumda hujumchi Liga 1 musobaqasining 31 o'yinida 27 gol urdi va 7 golga uzatma berdi.