"Real" Krishtianu Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha berilgan apellyatsiyada yutib chiqmadi.
Ispaniya sport arbitraj sudi (TAD) "Real"ning ushbu vaziyat yuzasidan bergan apellyatsiyasini ko'rb chiqdi va jazoni o'z kuchida qoldirdi.
Dastlab "Real" Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasiga apellyatsiya bergan edi, bu qo'mita ham apellyatsiyani rad etganidan so'ng madridliklar TADga murojat qilishga majbur bo'lishgan edi.
Endilikda Ronaldu "Valensiya", "Levante" va "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi.