"Hali biz Rafaelning transferi borasida birorta rasmiy taklif olganimiz yo'q. Ayni damda u Evro-2020da o'ynamoqda, musobaqa yakunlanganidan so'ng vaziyatni muhokama qilamiz.
Agar Varan haqiqatdan ham jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan bo'lsa, u bizga bu haqda xabar qiladi", - deydi rahbar.
Eslatib o'tamiz, Varanning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.