"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres himoyachi Serxio Ramosning Madrid klubidan ketishi haqida gapirdi.
Men Ramosni o'g'limdek yaxshi ko'raman. Uni 2005 yilda klubga olib kelgandim. Men hech qachon futbolchilar jamoani tark etayotganda matbuot anjumani o'tkazmaganman.
Men unga qoyil qolaman. U afsonadir va biz uning qolishini xohlagan edik. Unga shartnoma taklif qildik, uning muddati bor edi, lekin u buni qabul qilmadi. "Real Madrid" - Ramosning uyi va u albatta boshqa rolda jamoaga qaytadi, deydi Peres.