Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema "Real"dagi sobiq sherigi Krishtianu Ronaldu bilan Evro-2020 musobaqasidagi Frantsiya - Portugaliya (2:2) uchrashuvidan keyin, o'z hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
Ronaldu mening qadrdon do'stim, biz "Real"da ko'p narsalarga erishdik, birgalikda juda ko'p gol urdik. U bilan uchrashish juda zo'r edi.
U bilan suhbatlashdik, bir-birimizga terma jamoalarimiz va klublarimizdagi o'yinlarda omad tiladik.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya - Portugaliya uchrashuvida Benzema uchrashuv yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi deb topildi.