Madridning «Real» klubi himoyachisi Ferlan Mendi klubi rahbarlaridan uning maoshini oshirishlarini so'radi. Bu haqda Ispaniya OAV xabar bermoqda.
Ammo, «Real» prezidenti Florentino Peres Mendiga u xohlayotgan manfaatli shartnoma asosida maosh taklif qilmoqchi emas. E'tiborlisi, himoyachi va «qirollik klubi» o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilda tugaydi. Biroq Ferlan o'zaro kelishuvni har tomonlama mustahkamlash niyatida.
2020/2021 yilgi mavsumda Mendi La Ligada «Blankos» tarkibida 26 uchrashuv o'tkazdi va bitta gol urdi.