Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Evropa va Jahon chempionatlari uchrashuvlarida jamoasining gol urgan eng keksa futbolchiga aylandi.
Benzema Portugaliya bilan bahsda dubl qayd etdi (2:2). Uchrashuv vaqtida u 33 yosh 186 kunlik edi. Ilgari Evropa va Jahon chempionatida dubl qayd etgan Frantsiya terma jamoasining eng keksa futbolchisi Zinedin bo'lgan.
Ma'lumot uchun, Frantsiya o'z guruhida g'olib chiqqan holda 1/8 finalga yo'l oldi. U erda «uchranglilar» Shveytsariya terma jamoasi bilan o'ynaydi.