Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Braim Dias keyingi mavsumda qaerda o'ynashini hali aniqlamadi. Qayd etish kerak, so'nggi mavsumda futbolchi «Milan»da ijarada o'ynagan edi.
«Mening kelajagim? — Men Madridda baxtli edim ammo u erda o'zim kutganimdek o'ynashga imkon berilmadi, endi esa «Milan»da baxtliman.
Yaqin kelajakda o'z kelajagim to'g'risida aniq qarorga to'xtalaman. Hali hammasi erta”, - deya Diasning so'zlarni keltiradi ispaniyalik jurnalist Nikolo Skira.