«Roma» markaziy himoyachisi Rodjer Ibanes faoliyatini «Real»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Ibanes transferi ushbu yozda amalga oshishi mumkin. «Roma» va «Real» rahbarlari o'rtasidagi iliq munosabatlar voqealarning rivojlanishiga yordam berishi mumkin.
Rodjerning «bo'rilar» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.