Dortmundning «Borussiya» klubi forvardi Erling Holand «Real» bilan ehtimoliy transfer borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Alfredo Pedulla xabar bermoqda.
«Qaymoqranglilar» nemis klubi bilan yakuniy kelishuvga erishish arafasida, biroq futbolchining agentlari osonlikcha murosaga kelmoqchi emaslar. «Asalarilar» hali ham 20 yoshli hujumchi uchun 100 million evrodan ko'proq pul talab qilishmoqda.
«Real» uchun muqobil variant - «Inter» hujumchisi Lautaro Martines. Ammo, «Blankos» birinchi o'rinda yozda norvegiyalikni o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilib ko'radi.