The Times nashrining yozishicha, «Manchester Yunayted» «Real» va Frantsiya terma jamoalari markaziy himoyachisi Rafael Varan uchun 50 million funt taklif qilgan, ammo «qirollik klubi» inglizlardan 80 million funt talab qilmoqda.
«Real» Serxio Ramosning «qaymoqranglilar» dan ketishini rasman e'lon qilganidan so'ng, frantsuz barchaning nigohida asosiy planga chiqib qoldi. Hozirda ispanlar ham Varan bilan muzokaralarni davom ettiryapti. Shu sababli «Yunayted» u bilan shartnoma imzolash imkoniyatini yo'qotishi mumkin.
Varanning amaldagi shartnomasi 2022 yil 30 iyungacha amal qiladi. 28 yoshli futbolchi 2011 yildan buyon Ispaniya klubida o'ynab kelmoqda.